11:39 / 26.09.2018
4 361

Ostonada NUR.KZ yangiliklar saytining ayol jurnalisti oʻldirib ketildi (foto)

Ostonada NUR.KZ yangiliklar saytining ayol jurnalisti oʻldirib ketildi (foto)

Qozogʻiston poytaxti Ostonada NUR.KZ yangiliklar saytining jurnalisti Irina Beketova oʻldirib ketildi.

Jurnalistning oʻldirilishi sababi va tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Ayolning ortidan u yolgʻiz tarbiyalagan 4 nafar norasida farzandi va keksa ota-onasi qolgan.

Irina Beketova
“Ostona politsiyasi tomonidan 34 yoshli ostonalik erkak 37 yoshli ayolning sogʻligʻiga oʻlimga olib kelgan ogʻir jarohatlar yetkazgani oʻrnatilgan. Gumonlanuvchini ushlash boʻyicha barcha choralar koʻrilmoqda. Tegishli ekspertizalar belgilangan. Sudgacha tergov oʻtkazilmoqda”, deb maʼlum qilingan Ostona ichki ishlar departamentida ushbu qotillik yuzasidan.

“Biz bu fojiali voqeadan karaxt holga tushdik va hamkasbimizning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. NUR.KZ jamoasi siz bilan birga qaygʻuda. Oʻz tomonimizdan Irinaning oilasiga moddiy yordam koʻrsatamiz”, deb aytgan sayt direktori Quvvat Baxridinov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ostonada NUR.KZ yangiliklar saytining ayol jurnalisti oʻldirib ketildi (foto)