20:18 / 27.09.2018
6 134

Afrikada ulkan yoriq paydo boʻldi: u qitʼani boʻlib yuborishi aytilmoqda (video)

Afrikada ulkan yoriq paydo boʻldi: u qitʼani boʻlib yuborishi aytilmoqda (video)
Keniyada juda katta yoriq paydo boʻldi. Mutaxassislarning fikricha, u Afrika qitʼasining ikkiga boʻlinib ketishiga sababchi boʻlishi mumkin. Ushbu voqea aks etgan video Daily Nation nashrining YouTubeʻdagi kanalida paydo boʻldi.

Ushbu yoriq Nayrobi va Narok shaharlari oʻrtasida kutilmaganda paydo boʻldi. Mutaxassislarning maʼlumotiga koʻra, u bir necha kilometr masofaga choʻzilgan, balki butun qitʼani egallab olishi ham mumkin.

Yoriqning eni olti metrni, chuqurligi esa 15 metrni tashkil etadi. Uning bir qismi avtomobil yoʻlidan oʻtgan. Shu sabab transportlar harakati bilan bogʻliq muammolar oshishi kutilmoqda.

Olimlarning aytishicha, bu yerda ikkita tektonik plitalar chegarasi joylashgan. Ilgari ular bir-biridan har yili uch santimetrga uzoqlashayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrikada ulkan yoriq paydo boʻldi: u qitʼani boʻlib yuborishi aytilmoqda (video)