11:18 / 28.09.2018
6 688

Iroqda “Goʻzallik tanlovi” gʻolibasini nomaʼlum kimsalar otib oʻldirishdi

Ироқда "Гўзаллик танлови" ғолибасини номаълум кимсалар отиб ўлдиришди
Model va bloger Taru Fares “Bagʻdod goʻzali” koʻrik tanlovi mutlaq gʻolibasi hisoblanardi. Iroq poytaxtida Faresni nomaʼlum kimsalar otib oʻldirdi. 22 yoshli qizni zudlik bilan kasalxonaga olib borishdi. Uch yerini oʻq teshib oʻtgan ekan. Afsuski, vrachlar Faresning hayotini saqlab qola olishmadi.

Politsiya xodimlari ushbu jinoyat doirasida surishtiruv-tergov ishlarini boshlab yuborishdi. Dastlabki surishtiruvlar natijasida shu narsa maʼlum boʻldiki, Fares oʻqqa tutilishidan oldin garovga olingan ekan.

Taru Fares 2015 yili boʻlib oʻtgan “Bagʻdod goʻzali” koʻrik tanlovida mutlaq gʻolib boʻlgan.

Aytishlariga qaraganda, oʻsha kuni Bagʻdoddagi goʻzallik saloni egasi va ekspertini ham oʻldirib ketishgan. Iroq hukumat rahbarlari bu ishlarda goʻzal ayollar izidan tushgan alohida jinoiy guruhning qoʻli boʻlishi mumkinligini taxmin qilishdi.

Jinoyatchilarni qidirish harakatlari davom etmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iroqda “Goʻzallik tanlovi” gʻolibasini nomaʼlum kimsalar otib oʻldirishdi