13:28 / 28.09.2018
4 730

Kosmosda fizika qonunlarini rad qiluvchi obyekt topildi

Kosmosda fizika qonunlarini rad qiluvchi obyekt topildi
Niderlandiyadagi Amsterdam universiteti olimlari juda kuchli magnit maydoniga ega boʻlishiga qaramasdan, relyativistik plazma oqimlarini chiqarib yuboruvchi noyob neytron yulduzni aniqlashdi. Zamonaviy nazariy modellarga koʻra, jetlar zaif magnit maydoniga ega yulduzlarda paydo boʻlishi mumkin. Bu haqda Science Alert nashriga asosan Kun.uz xabar bermoqda.

Neytron yulduzi Yerdan 24 ming yorugʻlik yili uzoqlikdagi Swift J0243.6+6124 qoʻshaloq sistemada joylashgan. Kompakt obyekt yonida joylashgan yirik yulduzdan modda akkretsion diskni hosil qilib, soʻnggisiga oʻtadi. Neytron yulduzning qutblaridan yorugʻlik tezligiga yaqin tezlikka erishuvchi ionlashgan zarralar oqimi chiqariladi.

Jetlar qora tuynuklar, oq mittilar va boshqa neytron yulduzlarni oʻz ichiga tortib oluvchi, kompanon moddalarni singdiruvchi koʻplab obyektlarda aniqlangan. Shu bilan birga, ular kuchli magnit maydoniga ega yulduzlarda kuzatilmagan va u oqimlarning shakllanishiga toʻsqinlik qiladi, deb hisoblangan.

Olimlar Swift J0243.6+6124ʻdan radionurlanishni qayd etishdi, u boshqa oʻziga oʻxshash jismlardan 100 barobar kuchsizroq boʻlgan jetlar mavjudligini koʻrsatadi. Shu bilan birga, neytron yulduzning magnit maydoni Quyoshnikidan 10 trillion marta kuchliroq. Bu esa, kuchli maydon diskni itarishi haqidagi, relyativistik oqimlarning magnitli bostirilishi boʻyicha gipotezani rad etadi. U neytron yulduzga yetarlicha yaqin boʻlishi lozim, shunda jet shakllanishi mumkin. Olimlarning fikricha, Swift J0243.6+6124 bilan bogʻliq holatda oqimlar diskning katta aylanish energiyasi tufayli shakllanadi, ammo bu taxminni tekshirish kerak.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kosmosda fizika qonunlarini rad qiluvchi obyekt topildi