19:08 / 28.09.2018
5 373

Amaldorlar endi bayram kunlaridagi dabdabali toʻylar uchun jazolanadilar

Amaldorlar endi bayram kunlaridagi dabdabali toʻylar uchun jazolanadilar
Xitoylik amaldorlardan XXR tashkil topgan kun (1955 yil 1 oktyabr) munosabati bilan bir hafta davom etadigan festival vaqtida tejamkorlik boʻyicha qatʼiy qoidalarga amal qilish soʻraldi. Tegishli qaror Tartib-intizomni tekshirish boʻyicha markaziy komissiya tomonidan qabul qilindi. Bu haqda Channel News Chinaʻga tayanib “Hordiq” nashri xabar bermoqda.

Komissiyaning bildirishicha, mansabdor shaxslar davlat mablagʻlarini koʻp holatlarda ziyofatlar, sovgʻalar berish uchun sarflab yuboradilar, shuningdek, rasmiy ruxsatnoma olmasdan turib xizmat mashinalaridan foydalanadilar. Bundan tashqari, dabdabali toʻylar va dafn marosimlarini oʻtkazish uchun juda katta mablagʻ sarf qilinadi.

“Ushbu bayramlar mansabdor shaxslarning dam olishi uchun juda mosdir, ammo bu paytda intizomga qatʼiy rioya qilish kerak”, – deya ogohlantiradi Tartib-intizomni tekshirish boʻyicha markaziy komissiya. U davlat xizmatchilarini “tejamkorlik kodi”ga, ayniqsa, byudjet mablagʻlarini tejashga chaqirdi.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, 2015 yildan 2017 yilgacha boʻlgan davrda bayramlar paytida byudjet mablagʻlarini talon-taroj qilish holatlari boʻyicha 989ta ish qoʻzgʻatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amaldorlar endi bayram kunlaridagi dabdabali toʻylar uchun jazolanadilar