08:02 / 29.09.2018
5 872

Nur.kz yangiliklar sayti jurnalistini oʻldirganlikda gumon qilingan shaxs ushlandi

Nur.kz yangiliklar sayti jurnalistini oʻldirganlikda gumon qilingan shaxs ushlandi
Qozogʻistonning nur.kz yangiliklar sayti jurnalisti Irina Beketovani oʻldirganlikda gumon qilingan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Qozogʻiston ichki ishlar vazirligi vakili Almas Sadubayev maʼlum qildi.

Avvalroq 37 yoshli jurnalist Ostonada oʻldirib ketilgani, qotillikda 34 yoshli erkak gumon qilinayotgani va uni ushlash boʻyicha choralar koʻrilayotgani maʼlum qilingandi. Ayolning jasadi doʻpposlanganlik alomatlari bilan uyi podyezdida aniqlangan.

“Gumonlanuvchi qarshilik koʻrsatmadi, qochishga urinmadi, politsiyachilar uni qoʻqqisdan ushlashgan”, deb qoʻshimcha qilgan Sadubayev.

Gumonlanuvchi Anatoliy Guseynov jurnalist bilan yaqin munosabatlarda boʻlgan, biroq rasman turmush qurmagan boʻlgan. Ularning ikki nafar umumiy farzandi boʻlgan. Taʼkidlanishicha, Guseynov Beketovani boshqa erkak bilan podyezdda uchratganda, rashk qilib ayolni oʻldirgan.

Marhumaning ortidan 4 nafar farzandi qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nur.kz yangiliklar sayti jurnalistini oʻldirganlikda gumon qilingan shaxs ushlandi