13:03 / 29.09.2018
5 430

OAV Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi kiberqurol haqida maʼlumot berdi

OAV Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi kiberqurol haqida maʼlumot berdi
Rossiya maxsus xizmatlari zararli dasturning yangi turini ishlab chiqdi, uni kompyuterdan oʻchirib tashlash imkonsizdir. Bu haqda The Daily Beastʻga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, virus Rossiya maxsus xizmatlari bilan bevosita aloqador boʻlgan Fancy Bear guruhi xakerlari tomonidan ishlab chiqilgan.

Taʼkidlanishicha, “rossiyalik xakerlar” Hacking Team xakerlik guruhining josuslik dasturi asosida zararli dasturni yaratishgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Pentagon Rossiya va Xitoyni tahdid deb atagandi.

Pentagon tomonidan taqdim etiluvchi kiberxavfsizlik boʻyicha yangi strategiyada Rossiya va Xitoy Qoʻshma Shtatlar uchun asosiy tahdidlar deyilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi kiberqurol haqida maʼlumot berdi