19:11 / 29.09.2018
4 237

Mask va Sukerberg bir kunda 3,5 mlrd dollardan ayrildi

Mask va Sukerberg bir kunda 3,5 mlrd dollardan ayrildi
28 sentyabr kuni ikki milliarder - Tesla bosh direktori va Facebook ijtimoiy tarmogʻi asoschisi - Ilon Mask hamda Mark Sukerbergning boyligi 3,5 milliard dollarga kamaydi, deya xabar beradi Kun nashri.

Taʼkidlanishicha, Sukerberg AQSHning Qimmatli qogʻozlar va birjalar boʻyicha federal komissiyasi uni sudga bergani haqidagi xabarlar fonida 1,5 milliard dollar yoʻqotdi. Qayd etilishicha, Maskni Tesla aksiyadorlariga yolgʻon va asossiz maʼlumot berishda ayblashdi.

Oʻz navbatida, Sukerberg Facebook akkauntlar xavfsizlikka oid muammolarni tan olganidan keyin 2 milliard dollar yoʻqotdi. Xabarlarga koʻra, ijtimoiy tarmoqning foydalanuvchilarining taxminan 50 mln akkaunti xakerlar tomonidan hujumga uchragan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Facebookʻdagi akkaunt soʻnggi xakerlik hujumida buzib kirilganini qanday aniqlash mumkinligi maʼlum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mask va Sukerberg bir kunda 3,5 mlrd dollardan ayrildi