07:01 / 30.09.2018
3 911

AQSHni BMT Xalqaro sudiga berishga Falastinni nima majbur qildi?

AQSHni BMT Xalqaro sudiga berishga Falastinni nima majbur qildi?
Falastin Amerikaning Isroildagi elchixonasi Quddusga koʻchirilishi sababli AQSHga qarshi daʼvo bilan Xalqaro sudga murojaat qildi. Bu haqda sud matbuot relizida maʼlum qilindi.

Falastin sudi mazkur holatni qonun buzilishi deb eʼtirof etishga va AQSHni oʻz diplomatik missiyasini Quddusdan olib chiqib ketishga majbur qilishga chaqirgan.

Daʼvoda koʻrsatilishicha, Donald Trampning AQSH elchixonasini Quddusga koʻchirishi 1961 yilgi Vena konvensiyasini buzish hisoblanadi.

Isroil 1967 yilda Sharqiy Quddusni bosib olgan hamda 1980 yilda Quddusni oʻzining yagona va boʻlinmas poytaxti deb eʼlon qilgan. Dunyoning hech bir davlati Quddusni Isroil poytaxti deb tan olmagan. Isroilni tan olgan barcha davlatlarning elchixonalari Tel-Avivda joylashgan.

2017 yil 6 dekabrda Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb tan oldi va AQSH elchixonasi Tel-Avivdan Quddusga koʻchirilishini eʼlon qildi. 2018 yil 14 mayda Quddusda elchixona rasman ochildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHni BMT Xalqaro sudiga berishga Falastinni nima majbur qildi?