10:20 / 30.09.2018
4 099

Erdoʻgʻan: “Terrorizmning Islomga hech qanday aloqasi yoʻq” (foto)

Erdoʻgʻan: “Terrorizmning Islomga hech qanday aloqasi yoʻq” (foto)
Turkiya Jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Germaniya Federativ Respublikasining Kyoln shahrida barpo etilgan DİTİB markaziy masjidining ochilish marosimida ishtirok etdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

“Terrorchilik va zoʻravonlik faoliyatiga aloqador har qanday tuzilma mafkurasidan qatʼi nazar, Islomga, musulmonlarga va bizning iymonimizga hech qanday aloqasi yoʻq”, — degan prezident Kyolndagi Din ishlari boʻyicha Turk-islom ittifoqi (DİTİB) markaziy masjidining ochilish marosimida.

Ochilish marosimi Qurʼon tilovati bilan boshlandi. Oʻz chiqishida Turkiya prezidenti koʻplab noroziliklarga qaramasdan bir qator nemis siyosatchilari va Nodavlat tashkilotlar vakillari Kyolndagi masjid qurilishini qoʻllab-quvvatlashgan.

Erdoʻgʻanning soʻzlariga koʻra, masjid musulmonlarga ham, boshqa dinga itoat qiluvchilarga ham — jamiki kyolnliklarga tegishli.

«Bu masjid Germaniya va qoʻshni davlatlarning faxriga aylanadi. Bugun shunchaki masjidning ochilishi boʻlmayapti. Bu qarama-qarshiliklarga nuqta qoʻyuvchi esdalikdir.

Mazkur masjidning barpo etilishi turk jamoasi nemis jamiyatining ajralmas qismi ekanligini koʻrsatib berdi», — degan Turkiya rahbari.

Umid qilamizki, boshqa shaharlar ham kelgusida oʻz hududida mana shunday masjid qurilishi uchun koʻmak koʻrsatadi.

Qurilgan masjid bizni begona va Yevropaning dushmani sifatida koʻrsatayotganlarning xatti-harakatlariga zid oʻlaroq, bizning bu yerlardagi ishtirokimiz inʼikosidir», — degan Rajab Toyyib Erdoʻgʻan.

“Maʼlum bir doiralar bir muddatdan buyon bizning birodarlarga, ayniqsa, xorijda yashayotganlariga bosim oʻtkazishga harakat qilib kelishmoqda. Bir tomondan, ular yoshlarimizni ISHID, FETÖ va KIP kabi guruhlar vositasida terroristik faoliyatga jalb qilishga urinmoqda. Ikkinchi tomondan, irqchi tashkilotlar musulmonlarning huquqlarini toptashmoqda”, — degan Erdoʻgʻan.

Erdoʻgʻan Turkiya davlati terrorchilarni mutlaqo farqlamasligini taʼkidlab oʻtdi.

«Terrorizm uni kim — nasroniy, yahudiy yoki musulmon amalga oshirganidan qatʼi nazar, doimo jinoyat sanalib kelgan.

Bugungi kungacha terrorchilik tashkilotlari tufayli eng koʻp oʻldirilganlar va jabrlanganlar aynan musulmonlardir. Biroq islomchi, jihodchi kabi atamalarni qoʻllab ayrimlar terrorizmni Islomga toʻnkashga urinib kelishmoqda», — dedi Erdoʻgʻan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdoʻgʻan: “Terrorizmning Islomga hech qanday aloqasi yoʻq” (foto)