16:26 / 30.09.2018
4 446

Qozogʻistonda jahondagi eng katta kabobni qanday tayyorlashdi? (foto, video)

Qozogʻistonda jahondagi eng katta kabobni qanday tayyorlashdi? (foto, video)
Qozogʻistonning Oqmoʻla oblasti Makinsk shahrida jahondagi eng katta kabobni tayyorlash boʻyicha jahon rekordi oʻrnatildi, deb xabar bermoqda Kun.uz. Tadbir 28 sentyabr kuni boʻlib oʻtgan.

Oblast hokimining oʻrinbosari Marat Igali oʻzining Facebookʻdagi sahifasi orqali jahonning eng katta kabobi qanday tayyorlanayotganini namoyish etib turgan. Mamlakat poytaxti Ostona shahridan 200 km uzoqlikda joylashgan ushbu shaharda ulkan qoʻra oʻrnatilgan.

Tadbir Makinskda mamlakatdagi eng yirik parrandachilik fabrikasi ochilishiga bagʻishlangan. Ulkan kabobni tayyorlashda ham ushbu korxonaning 200dan ziyod xodimi safarbar etilgan.

Qayd etib oʻtish kerakki, taomni tayyorlash uchun 400 kilogrammdan ziyod tovuq goʻshti ishlatilgan. Natijada kabobning uzunligi 223 metru 65 santimetrga yetgan.

Natija Ginnesning rekordlar kitobi vakillari tomonidan qayd etilgan. Shundan soʻng toʻplangan tomoshabinlar kabob bilan siylangan.

Qayd etib oʻtish lozimki, avvalgi natija Moskva ostonasidagi Taldom shahri vakillariga tegishli edi. Oʻtgan yilning avgustida ular uzunligi 210 metrga teng kabob tayyorlashgandi. Uni tayyorlash uchun 290 kg goʻsht ketgan. Ulkan kabobni 170 kishi pishirgan, qoʻraning uzunligi esa 200 metrni tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozogʻistonda jahondagi eng katta kabobni qanday tayyorlashdi? (foto, video)