23:30 / 30.09.2018
3 928

Indoneziyada zilziladan keyin 100 dan ziyod mahbus qamoqdan qochdi (foto)

Indoneziyada zilziladan keyin 100 dan ziyod mahbus qamoqdan qochdi (foto)
Indoneziyaning Markaziy Sulavesi provinsiyasidagi qamoqdan 100 dan ortiq mahbus qochdi. Bunga goʻyoki qamoqxona boshligʻining mahbuslarga zilzilada jabrlangan qarindosh-urugʻlarni izlashga ruxsat bermagani sabab boʻlganligi qayd etilmoqda, deb yozadi Kun.uz.

Manbaga koʻra, qamoqxona boshligʻi tabiiy ofatdan keyin vayron boʻlgan hududlarda yashovchi qarindosh-urugʻlarni qidirishga ruxsat bermaganidan keyin 342 nafar mahbus qamoqxonaga oʻt qoʻygan.

Mahalliy Kompas TV telekanali qamoqxona boshligʻining soʻzlarini keltirishicha, buning natijasida “kamida 100 kishi qamoqdan qochgan”. Uning soʻzlariga koʻra, Markaziy Sulavesi politsiyasining 100 nafar xodimi vaziyatni tartibga solish ishlariga safarbar etilgan.

Taʼkidlanishicha, yongʻin qamoqxonaning katta qismini vayron qilgan va qolgan mahbuslarni saqlashga layoqatli emas. Voqea joyida oʻt oʻchiruvchilar brigadalari ish olib bormoqda.

Foto: JP/Nethy Dharma Somba
Juma kuni ertalab Sulavesi oroli qirgʻoqlarida Palu shahri yaqinida 6,1 magnitudali yer silkinishi roʻy bergan. Keyinroq xuddi shu hududda yana bir 7,4 magnitudali zilzila va qator aftershoklar qayd etildi.

Shundan soʻng OAVda Palu ikki metr balandlikdagi sunami ostida qolgani haqida xabar berildi. Zilzila va undan keyingi sunami qurbonlari soni soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 832 kishini tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada zilziladan keyin 100 dan ziyod mahbus qamoqdan qochdi (foto)