23:53 / 30.09.2018
3 513

Alisher Usmonov: “Sanksiyalar tarbiyalashning yaxshi usuli emas”

Алишер Усмонов: "Санкциялар тарбиялашнинг яхши усули эмас"
USM Holdings asoschisi va egalaridan biri Alisher Usmonov sanksiyalar bilan tadbirkorlarni tarbiyalash kerakmasligini aytdi.

“Men sanksiyalar, jumladan u yoki bu siyosiy jarayonlarga umuman aloqasi boʻlmagan tadbirkorlarni, tarbiyalashning yaxshi usuli, deb hisoblamayman. Bunda aksiyador yoki davlat korporatsiyasi rahbari vazifalarini vijdonan bajarayotgan kishining nima aloqasi bor? Tashkilotni jazolang, odamning nima aloqasi bor?”, deb aytgan Usmonov “Rossiya 1” telekanalida uzatiluvchi “Deystvuyuщiye litsa s Nailey Asker-zade” koʻrsatuvida.

Usmonovning aytishicha, aksariyat hollarda kompaniyalarda aksiyador davlat boʻlib chiqadi.

“Davlatni sanksiyalar bilan tarbiyalash esa XXI asrda inson duch kelayotgan jiddiy chorlovlarga qarshi kurashdagi saʼy-harakatlarni birlashtirish haqida koʻproq oʻylash kerak boʻlgan bugungi dunyo uchun usul emas”, deb qoʻshimcha qilgan Usmonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov: “Sanksiyalar tarbiyalashning yaxshi usuli emas”