09:59 / 01.10.2018
3 868

Mirziyoyev Hindistonni dunyodagi eng katta demokratiya deb atadi

Mirziyoyev Hindistonni dunyodagi eng katta demokratiya deb atadi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonni dunyodagi eng katta demokratiya deb atadi, u bilan oʻzbek xalqi tarixiy aloqalarga ega ekanligini taʼkidladi.

“Men mehmondoʻst Hindiston zaminida boʻlib turganimdan juda xursandman. Har bir oʻzbekistonlikning qalbida Hindiston alohida oʻringa ega. Bizning xalqlarni tarixiy aloqalar, oʻxshash urf-odatlar, maʼnaviy va madaniy dunyoning yaqinligi bogʻlab turadi. Biz uchun Hindiston - ezgulik va bagʻrikenglik nurini taratib turuvchi buyuk sivilizatsiya. Bu dunyodagi eng katta demokratiya”, - dedi Mirziyoyev.

“Kecha Agraga tashrif buyurib, men va bizning delegatsiya naqadar oʻzaro yaqin ekanimiz, Hindiston hamda Oʻzbekiston oʻrtasida koʻplab aloqalar va anʼanalar borligiga yana bir bor amin boʻldik”, - deya qoʻshimcha qilib oʻtdi u.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Hindistonda Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtgandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mirziyoyev Hindistonni dunyodagi eng katta demokratiya deb atadi