11:24 / 01.10.2018
4 353

Times: Mi-6 Putinga hokimiyat tepasiga kelishda yordam berganidan afsusda

Times: Mi-6 Putinga hokimiyat tepasiga kelishda yordam berganidan afsusda
Britaniyaning Mi-6 razvedka xizmati sobiq rahbari Richard Dirlavning aytishicha, idora Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hokimiyat tepasiga kelishda yordam berganidan hozirda afsuslanmoqda. Bu haqda The Timesʻga tayanib “Kun” nashri xabar berdi.

Xususan, Dirlavning aytishicha, 2000 yilda Londonda boʻlgan KGB zobiti unga murojaat qilgan hamda Buyuk Britaniyaning oʻsha paytdagi bosh vaziri Toni Blerning Sankt-Peterburgga, Putinning taklifi boʻyicha “Urush va tinchlik” operasi premyerasiga tashrifini tashkillashtirib berish haqida soʻragan.

“Biz Londonda Bler taklifni qabul qilish yoki rad etishi lozimligi borasida uzoq muddat muzokaralar olib bordik. Yakunda bu noyob va gʻayrioddiy narsa, degan qarorga keldik”, - deydi Mi-6 sobiq rahbari.

Uning qoʻshimcha qilishicha, hozir idoradagilar Putinning “obroʻsini mustahkamlab qoʻyishganidan” afsuslanmoqdalar, ammo oʻsha paytda Rossiya bilan munosabatlar yaxshi edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Times: Mi-6 Putinga hokimiyat tepasiga kelishda yordam berganidan afsusda