17:43 / 01.10.2018
4 008

Makedoniyaning qayta nomlanishi boʻyicha referendum natijalari eʼlon qilindi

Makedoniyaning qayta nomlanishi boʻyicha referendum natijalari eʼlon qilindi
Makedoniya davlati nomi oʻzgartirilishi boʻyicha oʻtgan referendumda davomat ovoz berish natijalari tan olinishi uchun zarur boʻlgan 50 foizdan kamroqni tashkil qildi.

Makedoniya markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, mamlakat aholisining faqat uchdan bir qismi (34 foizi) referendumda ishtirok etgan. Ovoz berganlarning aksariyati (90 foiz) Makedoniya nomining oʻzgartirilishini qoʻllab-quvvatlashgan. Referendumda 1,8 mln ovoz beruvchidan 650 mingdan koʻprogʻi ishtirok etgan.

Afina va Skopye oʻrtasidagi kelishuvga qarshi chiqayotgan, Gretsiya mudofaa vaziri Panos Kammenos referendum muvaffaqiyatsizlikka uchraganini, Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayev esa, aksincha, ovoz berish muvaffaqiyatli oʻtganini aytgan. Maʼlum qilinishicha, referendumdagi past davomatga davlatning avvalgi nomi qoldirilishini istayotgan millatchilarning ovoz berishni boykot qilishga chaqiriqlari sabab boʻlgan.

Zayevning taʼkidlashicha, Makedoniya nomining oʻzgartirilishi masalasi endi mamlakat parlamentida koʻrib chiqiladi.

17 iyunda Makedoniya va Gretsiya sobiq yugoslav davlatining Shimoliy Makedoniya Respublikasi deb qayta nomlanishi boʻyicha kelishuv imzolagan.

Mamlakatning nomi borasida Afina va Skopye oʻrtasidagi bahs 1991 yilda Makedoniya Yugoslaviyadan mustaqil boʻlgandan keyin boshlangan. Mamlakat nomi Gretsiyada shunday nomdagi viloyat borligi sababli Afina tomonidan tan olinmagan. Makedoniya nomining oʻzgartirilishi Skopyega NATO va Yevropa Ittifoqiga kirishga imkon beradi, chunki ikki davlat oʻrtasidagi koʻp yillik bahsni hal qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Makedoniyaning qayta nomlanishi boʻyicha referendum natijalari eʼlon qilindi