09:25 / 02.10.2018
4 390

Daniya: muslimani quchoqlagan politsiyachi ayol ishdan boʻshatilishi mumkin

Daniya: muslimani quchoqlagan politsiyachi ayol ishdan boʻshatilishi mumkin
Daniyada yuzni yopib turuvchi kiyimni taqiqlash haqidagi qonunga qarshi oʻtkazilgan norozilik namoyishida niqobli muslamani quchoqlagan politsiyachi ayolga nisbatan surishtiruv boshlandi. Bu haqda IslamTodayʻga tayanib “Azon” nashri xabar bermoqda.

Ayax ismli yigʻlayotgan musulmon ayolni tinchlantirish uchun quchoqlagan politsiyachi tavsirlangan rasm internetda yashin tezligida tarqalib ketdi. Ushbu rasm joriy yilning 1 avgustida Kopengagen shahrida, jamoat joylarida yuzni yopib turuvchi kiyimlarni kiyish haqidagi taqiq kuchga kirgan kuni tushirilgan edi.

Parlament deputatlarining fikricha, politsiyachining ishi qonunni himoya qilish, qonunga qarshi chiqqanlarni quchoqlash emas.

Advokat esa politsiya ayol musulmon ayolni norozilik paytidagi taranglikni yumshatish uchun quchoqlaganini va bu harakatning dinga aloqasi yoʻqligini aytmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Daniya: muslimani quchoqlagan politsiyachi ayol ishdan boʻshatilishi mumkin