20:35 / 02.10.2018
8 334

Akula oʻlik kitning goʻshti uchun oʻzini qirgʻoqqa tashladi (video)

Akula oʻlik kitning goʻshti uchun oʻzini qirgʻoqqa tashladi (video)
Akula oʻzini qirgʻoqqa tashladi va oʻlik kit goʻshtini tatib koʻrish imkoniyati uchun oʻz hayotini xavf ostiga qoʻydi, deb maʼlum qiladi “Kun” nashri.

Ushbu videorolik Mozambikdagi plyajlardan birida 38 yoshli Lorreyn Geymer tomonidan tasvirga olingan. Videoning boshida toʻrt metr uzunlikdagi akula kit tanasining ustida yotgani va suzib keta olmayotganini koʻrish mumkin. Biroq, kuchli qirgʻoq toʻlqini goʻshtni agʻdarib tashlagan va baliqni qirgʻoqqa yaqinlashtirgan. Akula oʻgirilgan hamda okeanga qaytib ketgan.

Yirtqich baliq suzib ketganidan soʻng, mahalliy aholi kitning oʻttiz tonnalik jasadi oldida yigʻilgan. Ular ham goʻshtdan olishmoqchi boʻlishgan.

Olimlar akulalar nega oʻzini qirgʻoqqa otishi sababini aniq bilishmaydi. Taxminlarga koʻra, buning asosiy sababi - boshqa dengiz yirtqichlaridan qochishga urinish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Akula oʻlik kitning goʻshti uchun oʻzini qirgʻoqqa tashladi (video)