08:31 / 03.10.2018
4 589

Nazarboyev rus tilida gapiradiganlarga atayin qozoq tilida javob beradigan ishchilarni boʻshatishni buyurdi

Qozogʻiston prezidenti qozogʻistonliklarga yana bir marta mamlakat koʻp millatli va koʻp tilli ekanligini eslatdi. Bu haqda u Olmaotada Universiada oʻyinlari obyektlarini tekshirish vaqtida xabar berdi, deb yozmoqda Kun.uz.

“Sizga maʼlumki, biz uch tilli taʼlimni belgiladik, bundan chetga chiqishimiz kerak emas. Madaniyat vaziriga aytmoqchiman, qonun bor, lekin ayrim mansabdorlar tezroq hammani qozoq tilida gapirtirishni istamoqda. Ammo biz koʻp millatli mamlakatmiz va bu haqiqatni qabul qildik”, - dedi Nursulton Nazarboyev.

“Men shuni sezdimki, maʼlum bir kishi rus tilida murojaat qilganida, unga qozoq tilida javob berishmoqda. Prokuratura qayerga qaramoqda? Agar fuqaro rus tilida murojaat qilgan boʻlsa, javob ham rus tilida boʻlishi shart! Rus tilida soʻraganga qozoq tilida javob bergan odam hammaga koʻrsatgan holda ishdan boʻshatilsin!” - degan prezident.

Shuningdek, Qozogʻiston rahbari oliy taʼlim masalasini koʻtargan. Uning taʼkidlashicha, kimdir oʻnta universitetni bitirgani va beshta tilni bilishi bilan maqtanish kerak emas.

“Nima uchun ikki tilni oʻrganish kerakligini tushunmayapman? Agar siz ona tili va ingliz tilini bilsangiz, koreys tilini oʻrganishingiz kerak. Ularda, Koreyada, qanday ishlashni bilishadi, madaniyati bor. Ularning farzandlari kunduzi ham, kechasi ham taʼlim oladilar, ular bir kunda hammadan koʻp ishlaydilar, taʼtil esa faqat bir haftadan iborat. Shunga qaramay, taʼlim va ijodkorlik evaziga rivojlanishmoqda, ularning yeri ostida hattoki koʻmir ham yoʻq”, - dedi Nazarboyev.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev rus tilida gapiradiganlarga atayin qozoq tilida javob beradigan ishchilarni boʻshatishni buyurdi