3 785
AQSHning bir qator kompaniyalari serverlarida Xitoyning aygʻoqchi mikrochiplari aniqlandi
AQSHning bir qator kompaniyalari, jumladan Apple va Amazon serverlarida Xitoyning aygʻoqchi mikrochiplari aniqlandi. Umumiy hisobda bu chiplar AQSHning deyarli 30 korxonasi serverlarida aniqlangan. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, chiplar yordamida hujum AQSHning Super Micro Computer Inc. (Supermicro) kompaniyasi orqali amalga oshirilgan.
Xitoylik ishlab chiqaruvchilarni AQSHga yetkazib beriluvchi serverlarga mikrochiplarni oʻrnatishni Xitoy qurolli kuchlari boʻlinmalaridan biri majburlagan.
Bu chiplar oʻlchami boʻyicha guruch donidek keladi. Chiplar serverlar ustidan nazoratni qoʻlga olib, maʼlumotlarni filtrlagan va “troyan” dasturiy kodini kiritgan.
Hujum sodir etilgani Apple va Amazonʻda ichki tergov oʻtkazilgandan keyin aniqlangan. Biroq qanday maʼlumotlar sizib chiqqani maʼlum qilinmagan.
Apple va Amazonʻda Bloomberg maʼlumotlari rad etilmoqda.
Insayderlardan birining aytishicha, hujumdan asosiy maqsad AQSH mudofaa vazirligining maʼlumotlarni qayta ishlash serverlari, harbiy-dengiz kuchlari harbiy kemalari bort tarmoqlari va Markaziy razvedka boshqarmasi uchuvchisiz qurilmalari operatorlari boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi