07:30 / 06 октября 2018
2 796

Interpol rahbari Xitoyda tergov qilinmoqda

Interpol rahbari Xitoyda tergov qilinmoqda
Interpol prezidenti Men Xunvey Xitoyda boʻlganda bedarak yoʻqolmagan, balki Pekinda hibsga olingan va tergov ostiga tushgan. Bu haqda South China Morning Post nashriga tayanib Kun.uz maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, Xunvey oʻtgan hafta Xitoyda qoʻnishi bilan intizom idoralari tomonidan soʻroq qilingani olib ketilgan.

“Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri oʻrinbosari lavozimini ham egallovchi Men Xunvey huquq-tartibot idoralari tomonidan soʻroq qilingani hibsga olingan”, deb aytilgan xabarda.

Xunvey qanday tergov bilan bogʻlangani va uning qayerdaligi maʼlum qilinmagan.

Bundan avvalroq fransuz huquq-tartibot idoralari Interpol prezidenti yoʻqolib kolganini tergov qila boshlashgan. Maʼlum qilinishicha, Xunveydan Fransiyadan Xitoyga ketgan 29 sentyabrdan beri hech qanday maʼlumot boʻlmagan.

Interpol rahbarini qidirish ishlari uning rafiqasi turmush oʻrtogʻi yoʻqolib qolganini maʼlum qilgandan keyin boshlangan.

64 yoshli Xunvey Interpolga 2016 yil noyabrdan rahbarlik qilib keladi va bu lavozimda Mirey Balestrazi oʻrnini egallagan. Bungacha Xunvey Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri oʻrinbosari boʻlgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)