18:17 / 06.10.2018
3 680

Ronaldu oʻz vaqtida DiKaprio, Peris Xilton va Tayson kabi mashhurlarni himoya qilgan advokatni yolladi

Ronaldu oʻz vaqtida DiKaprio, Peris Xilton va Tayson kabi mashhurlarni himoya qilgan advokatni yolladi
“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Devid Chesnoff ismli mashhur advokatni yolladi.

63 yoshli yurist “yulduz advokat” maqomiga ega. Portugaliyalik futbolchi unga “Mayorga ishi” boʻyicha murojaat qilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2009 yilda sodir boʻlgan voqea yuzasidan Amerika politsiyasida tergov ishi ochilgan.

Chesnoff oʻz vaqtida Shakil OʻNil, Mayk Tayson, Andre Agassi, Bruno Mars, Leonardo DiKaprio, Peris Xilton, Jeymi Foks va Maykl Jekson oilasini himoya qilgan.

Unga tegishli Chesnoff & Schonfeld yuridik firmasi asosan tuhmatga oid ishlarga ixtisoslashtirilgan. Chesnoff ekspertiza sohasida ilgʻor huquqshunoslardan hisoblanadi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ronaldu oʻz vaqtida DiKaprio, Peris Xilton va Tayson kabi mashhurlarni himoya qilgan advokatni yolladi