12:20 / 07.10.2018
3 240

Interpol prezidenti oilasi politsiya himoyasiga olindi

Interpol prezidenti oilasi politsiya himoyasiga olindi
Interpol prezidenti Men Xunveyning yoʻqolishini tergov qilayotgan Fransiya politsiyasi uning oilasini himoya ostiga oldi.

Fransiya ichki ishlar vazirining maʼlum qilishicha, Xunveyning oilasi Interpol bosh qarorgohi joylashgan Lion shahrida kuzatuv ostiga olingan. Bunga Xunveyning rafiqasiga telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali tahdidlar qilinayotgani sabab boʻlgan.

Xunvey 25 sentyabrda yurtiga taʼtil olgani borganida izsiz yoʻqolgan. U 1972 yildan beri Xitoy hukumatida turli lavozimlarni egallab kelgan.

OAVning maʼlum qilishicha, Interpol rahbari Xitoy hukumati tomonidan hibsda ushlab turilibdi. South China Morning Post nashrining taʼkidlashicha, Xunvey Xitoyga kelishi bilanoq soʻroq qilingani ushlangan. Uning yoʻqolgani haqida rafiqasi maʼlum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Interpol prezidenti oilasi politsiya himoyasiga olindi