21:43 / 07.10.2018
4 307

Tanishing: 7 yoshli millioner

Tanishing: 7 yoshli millioner
Oʻyinchoqlar haqida hikoya qilish bilan mashhur boʻlgan 7 yoshli Rayan bir yilda 11 million dollarga yaqin pul ishlab topadi.

Endigina birinchi sinfga borayotgan Rayan uch yildan beri “YouTube”da “Ryan ToysReview” kanalini yuritadi, unda oʻyinchoqlar haqida hikoya qiladi, yangi oʻyinchoqlarni sinovdan oʻtkazadi va bolalarga tavsiya qiladi. Videolarni uning ota-onasi tasvirga oladi. Ular barcha vaqtlarini farzandining qiziqishiga sarflash uchun oʻz ishlaridan ham boʻshashgan. Albatta, bu qiziqish oilaga yaxshigina daromad ham keltirib turibdi. Rayan oʻzining daromadi bilan “Forbes” jurnali oʻtgan yili tuzgan eng boy blogerlar reytingiga ham kirgan. Ammo Rayanning ota-onasi bu faqatgina qiziqish ekanini va qachondir bola videolardan charchasa, bu ish toʻxtatilishini aytishmoqda.

Bola koʻplab oʻyinchoqlarni sinovdan oʻtkazganiga qaramay, uning uyi oʻyinchoqlarga toʻla emas. Uning ota-onasi ortiqcha oʻyinchoqlarni doʻstlariga sovgʻa qilishadi yoki xayriya uchun topshirishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tanishing: 7 yoshli millioner