19:38 / 08.10.2018
3 336

Nazarboyev: “Qirgʻizistonga barcha yoʻllarni toʻsib qoʻyganimizda, nima sodir boʻldi?”

Nazarboyev: “Qirgʻizistonga barcha yoʻllarni toʻsib qoʻyganimizda, nima sodir boʻldi?”
Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev 5 oktyabr kuni respublika xalqiga yoʻllagan murojaatida mamlakatning eksport salohiyatiga toʻxtaldi.

“Eksportga yoʻnaltirilgan sanoatlashtirish iqtisodiy siyosatning asosiy elementi boʻlishi kerak. Hukumat, birinchi navbatda, ishlab chiqarish sohasida eksportchilarni qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor qaratishi lozim. Bizning savdo siyosatimiz tishsiz qolmasligi kerak. Mahsulotni mintaqaviy global bozorlarga chiqarishga harakat qilish, unga faol xarakter berish lozim. Shu bilan birga, biz korxonalarga xalq isteʼmol tovarlari keng doirasini oʻzlashtirishga, oddiy narsalar, deb ataluvchi iqtisodiyotini rivojlantirishga yordam berishimiz kerak”, - dedi davlat rahbari.

“Atrofimizda nimalar yuz berayotganiga bir qarang. Belarus oʻz ishlab chiqaruvchilarini qanday himoya qilmoqda. Qirgʻizistonga barcha yoʻllarni toʻsib qoʻyganimizda, nima sodir boʻldi? Ular kurashishdi. Biznikilar jim, hech kim bilan bahslashmaydi ham. Yuqori rahbariyatgina kim bilandir munozaraga kirishishiga oʻrganib qolishgan. Har kim oʻz majburiyatini bajarishi va bizning biznesni himoya qilishi hamda uni uchinchi mamlakatlar bozoriga oʻtishiga yordam berishi shart. Bu nafaqat eksport salohiyatini roʻyobga chiqarish nuqtai nazaridan, balki ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan toʻldirishda ham muhim ahamiyatga ega”, - dedi Nazarboyev.

Uning soʻzlariga koʻra, Qozogʻistonga xalq isteʼmol tovarlari bilan shugʻullanish vaqti keldi.

“Biz unutdik va oʻtkazib yubordik. Mana, agar bu yerda oʻtirganlardan barcha xorijiy kiyimlarni olib tashlasangiz, yalangʻoch boʻlib qolasizlar. Bizdagilar kostyumlar ham, koʻylaklar ham ishlab chiqarishi mumkin. Ularni qoʻllab-quvvatlash kerak. Bugun biz oʻz mahsulotimizni qoʻllab-quvvatlashimiz kerak. Men sizlarga koʻrsatgandim: xorijnikidan kam boʻlmagan va oʻn barobar arzon narxga ega, oʻzimizning ishlab chiqaruvchilarimiz kostyumlarini kiyib yuraman. Qozogʻistonliklar boy boʻlib qoldi, ular narxlarga ham qaramay qoʻyishdi”, - deya maʼlum qildi prezident.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Nazarboyev poraxoʻr mansabdorlarni qoʻlga olish haqida MXQga koʻrsatma bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev: “Qirgʻizistonga barcha yoʻllarni toʻsib qoʻyganimizda, nima sodir boʻldi?”