Afrikalik savdogar olmos tosh sotib oldi. Hajmi tuxumning sarigʻidek edi. Ammo uning kamchiligi bor edi. Oʻrtasiga darz yetgandi.
Bu narsa esa uning goʻzalligi va qiymatiga futur yetkazardi.
U zargarning yoniga madad soʻrab bordi... Zargar uni aylantirib-aylantirib koʻrib:
– Agar buni shu darz ketgan joyidan teng ikkiga boʻlinsa, qiymati butun holatidagidan koʻra qimmatroq boʻladi. Ammo bu ish mening qoʻlimdan kelmaydi. Olmosni boʻlishning oʻzi oson emas. Salgina notoʻgʻri zarba uni arzimas parchalarga boʻlib tashlashi mumkin, – dedi.
Savdogar uning oldidan chiqib zargar izlay boshladi. Qaysi biriga koʻrsatmasin, bu ishni qilishdan bosh tortishar, qimmat baho toshga qoʻl tekkizishdan qoʻrqishar edi.
U oxiri Amsterdamgacha yetib bordi.
Unda yoshi ulugʻ mohir zargarni topdi.
Lekin u ham boshqa hamkasblari qatori bu ish juda mushkulligi va ozgina ehtiyotsizlik toshning qiymatiga futur yetkazishidan ogohlantirdi. Ammo savdogarning sabri tugagan, hech qanday gap – soʻzni eshitgisi kelmasdi.
Moʻysafidning doʻkonini bir burchagida yoshgina yigit ularga orqa oʻgirib ish bilan mashgʻul edi. Zargar uni chaqirdi. Shogird ularning yoniga keldi. Ustozi unga toshni berib:
– Buni ikkiga boʻlib kel! – dedi. Hech qancha vaqt oʻtmay ikki boʻlak goʻzal toshni cholning kaftiga qoʻydi.
Savdogar hangu – mang boʻlib, zargarga dedi:
– Qanday yaxshi, shundoqqina azamat, tajribali shogirdingiz bor ekan.
Zargar dedi:
–Bu yigitning shogird tushganiga endigina uch kun boʻldi. Agar u bu toshning bahosini bilganida edi, hech qachon uni ikkiga boʻla olmasdi.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Moskvadagi savdo markazida hajmi 1 mln litrli akvarium darz ketdi

“Asr oʻgʻriligi”: Chumoli olmosni tashib ketmoqchi boʻldi (video)

Makkadan Qora toshning oʻgʻirlanish tarixi

Chumoli tarixda misli ko‘rilmagan o‘g‘irlikni amalga oshirdi (Video)

Uysiz ayolga pul bergan erkak uni kuzatib yurdi va ayol mablag’ni nimaga sarf qilganidan hayratga tushdi

Amerikalik ayol tuxumning ichidan ajoyib topilma topdi (Video)