16:14 / 09.10.2018
3 129

10 million uygʻur uchun konslager: Shinjon (yakuniy qism)

10 million uygʻur uchun konslager: Shinjon (yakuniy qism)
Qaytish

Safarimiz dasturida Takla-Makan sahrosiga borish, Islom kelishidan avval mavjud boʻlgan buddaviy shaharlarning vayronalarini koʻrish rejalashtirilgan edi. Biroq bizni olib borishi kerak boʻlgan gid oxirgi kun shahardan chiqishga ruxsat ololmadi. Yopiq hududga oʻtish uchun politsiyaning ruxsati kamlik qildi, tuman oʻzini-oʻzi boshqarish qoʻmitasining ham ruxsati kerak ekan. Gid rad javobi olganining sababini bilolmas, aftidan, puldan qolganidan koʻran aynan shunga koʻproq asabiylashar edi. Agentlik gidni almashtirishni taklif etdi, biroq yuzaga kelgan vaziyat shunchalik asabimga tekkan ediki, biz Pokistonga qarab yoʻlga tushishga qaror qildik.

Men yashirilgan fotosurtalar va Ahmad bilan boʻlgan suhbatning qaydi uchun qaygʻurayotgan edim. Tanishlarga qoʻngʻiroq qilib boʻlmasdi: bizning qoʻngʻiroqlarimiz va harakatlanishimiz birinchi kundanoq kuzatilyapti. Biz hamrohsiz shahardan tashqariga chiqa olmasdik. Oxir-oqibat ortimdan tinimsiz agentlar taʼqib qilayotanday tuyula boshladi, pichoq qidirganimda odamlar mendan hurkkani singari endi men ham odamlardan hurkadigan boʻlib qolgandim. Oʻn yilcha muqaddam necha asrlardan beri oʻzgarmagan hayotni koʻrish uchun Shinjonga kelgandim. Hozir bu yerda kelajakni koʻrish mumkin.

Kelgusi tongni biz Toshqoʻrgʻonda – Ipak yoʻlining janubiy tarmogʻidagi yana bir shaharda qarshi oldik. Shinjonda avtomobillar yoqilgʻi quyish shoxobchasining shlagbaumi haydovchi plastik ID kartasini skanirlagandan keyingina ochiladi: xarid qilingan yoqilgʻi miqdori tizimda qayd etib boriladi. Menda esa karta yoʻq. Uzun simtoʻsiqlardan keyin shoxobchani qoʻriqlayotgan askarlar vaqtinchalik xitoy xaydovchilik guvohnomam bilan mashinamni oʻtkazib yuborishdi. Uchastka qarshisida esa oʻnlab uygʻurlar tizilib turgan edi: ular mahbuslar emas, shunchaki ishga kirishishdan avval navbatdagi siyosiy axborotni tinglashyapti.

Shoxobchadan chiqib, Qoraqurum trakti boʻylab ildamlay boshladim. Adirlarda oʻrnatilgan qirgʻiz oʻtovlari orasida tuyalar oʻtlab yurardi. Biz yuqorilagan sari tuyalarning oʻrnini tukdor yovvoyi qoʻtoslar egallay boshladi. Pastda esa siyosiy axborotni tinglash yakuniga yetdi: uygʻurlar Xitoy bayrogʻiga hurmat bajo keltirgach roppa-rosa bir haftadan keyin xuddi shu joyda yigʻilish uchun tarqalishlari mumkin.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 10 million uygʻur uchun konslager: Shinjon (yakuniy qism)