00:02 / 10.10.2018
4 316

Xitoylik erkak boshiga 5 santimetrli mix kirib qolganini sezmay yurgan

Xitoylik erkak boshiga 5 santimetrli mix kirib qolganini sezmay yurgan
Xitoyning Xubey viloyatidagi sement zavodida ishlovchi 43 yoshli erkak boshida mix topildi. Erkakni bir hafta bosh ogʻrigʻi qiynab kelgan. Erkak shifokorga murojaat qilganda, unga kompyuter tomografiyasi tayinlangan.

Natijalar koʻpni koʻrgan shifokorlarni ham, bemorning oʻzini ham hayratlantirgan: erkakning boshida 48 millimetrli mix borligi aniqlangan. Eʼtiborlisi, erkakning qolgan hayotiy koʻrsatkichlari, misol uchun, qon bosimi meʼyorda boʻlgan.

Erkak mix boshiga qanday kirib qolgani sababini bila olmagan.

“Mix boshimga qanday kirib qolganidan mutlaq bexabarman. Men zavodda videokuzatuv kameralariga qarayman va ishim mixlar bilan hech qanaqasiga bogʻlanmagan”, deb hayron boʻlmoqda erkak.

Taʼkidlanishicha, erkakning boshidagi mix jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik erkak boshiga 5 santimetrli mix kirib qolganini sezmay yurgan