06:31 / 10.10.2018
3 827

Putin oʻzning “ishchanlik siri” bilan boʻlishdi

Путин ўзнинг "ишчанлик сири" билан бўлишди
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Stavropol oʻlkasida agrarchilar bilan uchrashuvda oʻz ishchanligining siri bilan boʻlishdi.

Putin bosh vazir Dmitriy Medvedev bilan birga “Rassvet” qishloq xoʻjaligi korxonasining olma bogʻlariga tashrif buyurdi.

Ishchilardan biri Putin bunday tigʻiz jadvalga ega boʻlishiga qaramay, qanday qilib ular bilan tushlik qilishga vaqt topgani haqida qiziqqan.

“Men nega bu yerga keldim? Tushlik qilgani-ku!”, deb hazillashgan Putin.

“Eng yaxshi kuch – siz kabi odamlar bilan muloqot qilish. Buni hech qanday mubolagʻasiz aytmoqdaman. Bu rost gap. Nima boʻlayotganini, hammasi oʻngidan kelayotgan, yaxshi natijaga ega biror ish qilayotgan odamlarni koʻrganingda har doim qoʻshimcha kuchlar keladi. Bu bizning ham yutuqdir, shu sababli har doim shunday gʻayrat keladi”, deb aytgan Putin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin oʻzning “ishchanlik siri” bilan boʻlishdi