Tojikistonning Boljuvonida yashovchi 20 yoshli Mastona Aso bir yil oldin turmushga chiqqandi. Kuyov boʻlmish Sulton Xoʻjayev toʻydan keyin ikki kun oʻtgach, Mastonani bokira emaslikda ayblab, shafqatsizlarcha kaltaklay boshladi. Bu ham yetmagandek, Sulton xotinini bokira emasligini tan olishga, shunday ahvolda turmushga chiqqanligiga iqror boʻlishga kuch ishlatgan koʻyi majbur etgan. Iqrorni telefoniga yozib olgan. Kaltaklar, haqoratlar jonidan oʻtgan kelin Sulton aytgan gaplarni takrorlashdan boʻlak chora topa olmadi. Yaʼni, goʻyo ilgari bir yigit bilan sevishgan, ular bir-birlariga koʻngil qoʻyishgan, toʻygacha-da sabr eta olmay, jinsiy munosabatlar yuritishgan… Qabilidagi gaplarni Sultonning zoʻrlovi bilan tiliga koʻchirgan.
— Kaltaklar zarbidan, — deydi Mastona. — Ogʻiz-burnim qonga toʻlgan, quloq pardam yirtilib, oʻlar holga kelib qolgandim. Sulton niyatiga yetib, barcha ayblarni boʻynimga qoʻygach, ota uyimga olib kelib tashladi. Bundan ortiq sharmandalik yoʻq edi. Nafaqat oʻzim, balki yaqinlarim, ota-onam, qarindosh-urugʻlarim mahalla-koʻy oldida bosh koʻtarib yura olmas boʻlishdi. Garchi sud-tibbiy ekspertiza bokiralikda turmushga chiqqanimni rasman tasdiqlagan boʻlsa-da, tanigan-bilganlar baribir bizga ola qarar, gʻiybatimizni qilar, bir gapni ming xil turga solib bir-birlariga yetkazishardi…
Ayni paytda Mastona asosiy vaqtini uyda oʻtirib oʻtkazadi. Aytishicha, onasi ham mahalladagi tadbirlarga chiqishni bas qilgan. Otasi bir yil oldin Dushanbega ketganicha ortga qaytmagan. Nima qilib boʻlmasin, oilasining shaʼnini tiklashga intiladi. Sira iloj topila qolmaydi.
Sulton Xoʻjayevning onasi Xayrinisa Imomova Mastonani oʻgʻli kaltaklagani, xoʻrlaganini butunlay rad etib turib olgan. Mastona esa haqiqat gʻalaba qilishini, shafqatsiz sobiq eri baribir jazo topishini istaydi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Yaponiya imperatorining nabirasi turmushga chiqish uchun malikalikdan voz kechdi

Ummon sultoni bir yil ichida ilk marta omma oldida paydo bo‘ldi

Bir haftalik kelin akvaparkda vafot etdi

Indoneziyadagi Ternate oroligadi aeroport vulqondan otilayotgan kul sababli yopildi

Chechenistonda 4 kunlik kelin va kuyov o‘z joniga qasd qildi

Hindistondagi to‘yda kelin o‘z kuyovidan voz kechib, mehmonlardan biriga turmushga chiqdi