07:27 / 11.10.2018
4 199

OAV: Rosgvardiya rahbari Kreml devorlari yonida “terrorchining” qoʻlini siqdi (video)

OAV: Rosgvardiya rahbari Kreml devorlari yonida “terrorchining” qoʻlini siqdi (video)
Znak.com tahririyatiga ikkita videorolik yuborildi, ularda 3 oktyabr kuni Moskvadagi Vasilyevsk tepaligida yuz bergan hodisaning baʼzi tafsilotlari tasvirlangan.

Videoda “Gelendvagen” haydovchisi - Primoryada yashovchi 41 yoshli fuqaro Dmitriy Shalay Rosgvardiya qoʻmondoni Viktor Zolotov bilan uchrashuv tashkillashtirilmasa portlash sodir etish haqida tahdid qilgan.

Videodan koʻrish mumkinki, suhbat yuz bergan, shundan soʻng general Shalayga qoʻl uzatgan va u hech qanday qarshilik koʻrsatmay oʻzini huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qoʻliga topshirgan.

Oʻz navbatida, ushbu hodisa haqida xabar bergan koʻplab OAV Kreml devorlari yonida “terrorchi” oʻz mashinasida turib olib, Zolotov bilan uchrashuvni talab qilayotganini yozgandi.


Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Milliy gvardiyasi rahbari Viktor Zolotov Korrupsiyaga qarshi kurashish fondining muassasa boʻyicha maʼlumotlariga javoban chiqish qilib, fond rahbari Aleksey Navalniyni duelga chaqirdi va undan “sersuv kotlet” tayyorlashga vaʼda bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Rosgvardiya rahbari Kreml devorlari yonida “terrorchining” qoʻlini siqdi (video)