09:53 / 11.10.2018
7 095

Ganalik afsungar boʻgʻma ilonning qahriga uchradi…

Ganalik afsungar boʻgʻma ilonning qahriga uchradi…
Ganada istiqomat qiluvchi, ismi-sharifi sir tutilgan yigit afsungarlik bilan shugʻullanar, bu ishda qoʻlga oʻrgatilgan ilonidan foydalanardi. Ilonni u tengsiz sehrgar sifatida qadrlardi. Shu jonivor yordamida turli jodugarlik amallarini namoyish etar, pul evaziga mijozlarga “qora jodu”, “oq jodu” kabi afsungarlik “xizmatlar”ini koʻrsatardi.

Afsuski, ilon baribir doʻstlik qilmadi. Yaqinda yigit ilonni boʻyniga osgancha doʻstining mototsiklida ketayotgandi. Kutilmaganda doʻsti boshqaruvni yoʻqotdi-yu, ular halokatga uchrashdi. Ilon esa shu vaziyatdan foydalanib qolishni istadi chogʻi, egasini boʻgʻa boshladi. Baxtga qarshi oʻtkinchilar ham afsungar yigitga yordam bera olishmadi. Ilon egasi jon bergandan keyingina nari ketdi.

Eslatib oʻtamiz, Ganada bunday afsungarlar har qadamda uchraydi. Ular xalqning kuchli ishonchi, soddaligidan foydalanib, aldov, gipnoz yordamida pul ishlashadi. Lekin xudo hammasini koʻrib, eshitib turganini oʻylashmaydi. Xuddi afsungar kabi oʻzlari qazigan chuqurga qulagachgina koʻzlari ochiladi. Lekin kech boʻladi.

Masalan, shu yil iyul oyida Nigeriyada terrorchilar, harbiylarga goʻyo oʻqdan asrovchi tumor yasab sotadigan afsungar ham oʻzi yasagan oʻsha tumorning kasriga qoldi. Harbiylar tumorni sinab koʻrishni talab qilishdi. Afsungar ularning xohishini ado etishga majbur edi. Nadomatlar boʻlsinki, tumor uni oʻqdan asray olmadi. Afsungar halok boʻldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ganalik afsungar boʻgʻma ilonning qahriga uchradi…