11:50 / 11.10.2018
5 297

Rosiyalik yangi millioner… (yoxud quruvchi tushida koʻrgan lotereyadagi katta yutuq haqiqatga aylandi)

Rosiyalik yangi millioner… (yoxud quruvchi tushida koʻrgan lotereyadagi katta yutuq haqiqatga aylandi)
Anapada yashovchi 42 yoshli Valeriy Samusenko besh farzandning otasi. Qurilishda tosh teruvchi vazifasida ishlaydi. Bir odati bor. Doimiy ravishda faqat bitta laryokdan lotereya sotib oladi. Ammo hech qachon pul yutmagandi. Yaqinda tush koʻribdi. Tushida lotereya oʻyinida juda katta pul yutganmish.

Ertalab uyqudan turgach, negadir shu tushiga ishongisi keldi va nonushtani ham ortga surib yana oʻsha oʻzi uchun tanish laryokka chiqdi-yu, 4 ta lotereya chiptasini sotib oldi. Oʻyin uzoq kutdirmadi. Faqat... Valeriy qurilishda ishlagani bois televizor orqali oʻyinni kuzatish uchun imkon yoʻq edi.

Ertasi kuni internet orqali lotereya chiptalarini tekshirib koʻrdi. Uchta chiptaga baloyam chiqmabdi. Lekin toʻrtinchi chipta uchun ajratilgan yutuq miqdorini koʻrib sal qursa hushidan ketayozdi. Yutuq Moskva shahri markazida joylashgan, bahosi 2 million rublga teng kvartira ekan. Valeriy yutuqni pul koʻrinishida olishni xohladi. Soliqlardan ortgani 1,74 million rubl ekan. Shukr qildi. Endi u pullarni yashab turgan kvartirasini taʼmirlash, kreditga olgan mashinasi qarzidan qutulishga sarflamoqchi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rosiyalik yangi millioner… (yoxud quruvchi tushida koʻrgan lotereyadagi katta yutuq haqiqatga aylandi)