07:58 / 12.10.2018
3 295

Afrikaning eng yosh milliarderi oʻgʻirlab ketildi

Afrikaning eng yosh milliarderi oʻgʻirlab ketildi
Tanzaniyada nomaʼlum kishilar 43 yoshli siyosatchi va bisnesmen, Afrikaning eng yosh milliarderi deb eʼtirof etiluvchi Muhammad Dyujini oʻgʻirlab ketishdi. Bu haqda mamlakatning eng yirik shahri Dar-as-Salom politsiyasi maʼlum qilgan.

Taʼkidlanishicha, Dyujiga 11 oktyabrda ertalab Oyster Bay tumanidagi Colosseym fitnes-klubiga mashgʻulotga kelayotganda hujum qilishgan. Shunisi maʼlumki, jinoyatchilar ertaroq kelib, milliarderni kutib oʻtirishgan.

Guvohlarning aytishicha, ikki nafar oq tanli erkak Dyujini Toyota Surf markasidagi yoʻltanlamasga tiqib, nomaʼlum yoʻnalishda olib ketgan. Bosqinchilar guvohlarni choʻchitish uchun havoga oʻq uzishgan.

Maʼlum qilinishicha, shu sababli mahalliy politsiya barcha aeroportlar va shahardan chiqish joylarini toʻsib qoʻygan. Milliarderni oʻgʻirlash gumoni bilan 3 kishi hibsga olingan, ularni jinoyatni sodir etishga undagan sabab nomaʼlum boʻlib qolgan.

Dyuji Tanzaniyaning toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalarini birlashtiruvchi METL kompaniyasiga egalik qiladi.

Forbes jurnali 2018 yil fevral holatiga koʻra, biznesmenning boyligini 1,5 mlrd dollarga baholagan. U Afrikaning eng badavlat odamlari roʻyxatida 17-oʻrinni egallaydi va “qora” qitʼadagi eng yosh milliarder hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrikaning eng yosh milliarderi oʻgʻirlab ketildi