09:56 / 12.10.2018
3 763

Malayziyada oʻlim jazosi bekor qilinish arafasida turibdi…

Malayziyada oʻlim jazosi bekor qilinish arafasida turibdi…
Rasman musulmon davlati hisoblangan Malayziya hukumat rahbarlari oʻlim jazosini bekor qilishga oid yangi qonun loyihasini taxt qilib qoʻyishdi.

Bu qonun loyihasi shu yilning 15 oktyabrida parlament hukmiga havola etiladi. Agar tasdiqlansa, mamlakatda oliy jazo hisoblangan qatl turma bilan almashtiriladi. Hukumat aʼzolari yangi qonun kuchga kirgunga qadar ijro etilishi moʻljallangan qatl marosimlari ham toʻxtatib turilishini talab qilgan.

Ayni paytgacha Malayziyada oʻlim jazosi qotillik va narkotiklar oldi-sotdisi kabi jinoyatlarni sodir etganlarga nisbatan qoʻllanib kelingan. Agar yangi qonun tasdiqlansa, oʻlim jazosi oʻrniga bir umrlik qamoq muddati oliy jazo sifatida belgilanishi kutiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malayziyada oʻlim jazosi bekor qilinish arafasida turibdi…