16:47 / 14.10.2018
3 828

Apple ​soati voqeani qanday fosh qildi va konsullikda Xoshuqjiyga nima bo‘ldi?

Apple ​soati voqeani qanday fosh qildi va konsullikda Xoshuqjiyga nima bo‘ldi?
Saudiyalik jurnalist Jamol Xoshuqjiyning Saudiyaning Turkiyadagi konsulligida sirli tarzda yo‘qolib qolishi bilan bog‘liq ma’lumotlar asta-sekin ma’lum bo‘lyapti.

Turkiya hukumatiga yaqin bo‘lgan OAV Xoshuqjiy konsullik binosida vahshiylarcha o‘ldirilganini yozmoqda. Xususan, Turkiyaning Sabah gazetasi shanba kungi sonida Turkiya xavfsizlik xizmatiga Xoshuqjiyning Apple​ kompaniyasi ishlab chiqargan aqlli soati ko‘proq ma’lumot olishga yordam bergani haqida yozadi.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Xoshiqjiy konsullik binosiga kirganida Apple​ aqlli soati qo‘lida bo‘ladi va binoda bo‘lgan voqealarini yozib oladi. Uni Icloud orqali bino tashqarisida qallig‘iga qoldirgan telefoniga jo‘natadi.

Sabah birinchi sahifasida chop etgan maqolada soat orqali yozib olingan materiallar Xoshuqjiy o‘ldirilishidan oldin Saudiya qotillari tomonidan kaltaklangani va azoblanganini ko‘rsatishini yozadi.

Shuningdek, saudiyaliklar Xoshuqjiy o‘zining o‘ldirilish hodisasini yozib olganini aniqlashgan va uni o‘chirib tashlashga harakat qilishgan. Lekin ushbu sirli hodisani kuzatayotgan turk razvedkasi barcha yozuvlarni tiklashga va uni ehtiyotiy nusxasini ko‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, Sabah gazetasidan tashqari hukumatga yaqin bo‘lgan Yeni shafaq gazetasi ham Apple​ aqlli soati voqeani yozib olgani haqida ma’lumotlar chop etdi.

Yeni shafaq ma’lumotlarida turk razvedkasi qo‘lida Saudiyalik jurnalistni o‘z mamlakati konsulligida o‘ldirilgani haqida ma’lumotlar borligi aytiladi.

Gazetada yozilishicha, Xoshuqjiy qallig‘i bilan konsullik idorasi oldida ko‘rishadi va u bilan bir necha daqiqa gaplashib, telefonini unga qoldiradi. O‘zi yolg‘iz konsullik binosiga 1:15 da kirib ketadi. U kirgan xonaga qotillik guruhi a’zolaridan ikki kishi kiradi va uni do‘pposlab boshqa xonaga tortishadi. Saudiyalik jurnalist yordam so‘rab qichqiradi. Lekin qotillar unga yana hujum qilib, hushidan kettirishadi. So‘ngra Xoshuqjiyni uchinchi xonaga olib kirishadi va uni u yerda o‘ldirib, jasadini katta arra bilan bo‘laklarga bo‘lishadi.

Qotillik guruhidagilarni bir nechtasi konsullik binosini tark etishadi. Guruhning boshqa a’zolari qotillik joyini tozalashga kelishadi. Ular orasida qirollikdagi jamoat xavfsizligi jinoyatlari dalolatnomalari bosh boshqarmasi Sud tibbiyoti direktori Aqid Muhammad Tobiyqiy ham bo‘lgan.

Jumboqlar chemodani

Yeni shafaq ma’lumotlariga ko‘ra, qotillik guruhi a’zolari jinoyat joyini tozalab, qotillik izlarini yashirishgan. So‘ngra ularning ba’zilari konsullik binosidan katta chemodanlar bilan chiqib ketadi. Chemodanni ular Istanbuldagi Sirkjiy bozoridan sotib olishgan.

Ushbu chemodanlarda Xoshuqjiyning jasadi yashirilgan bo‘lgan. Chemodanlar mersedes mashinalariga yuklangan va konsullik binosidan taxminan 500 metr uzoqlikdagi konsul uyiga yo‘l olingan. Turk razvedkasi jasadning ba’zi bo‘laklari uyning bog‘ida ko‘milganini aytyapti.

Turk xavfsizlik xizmati jasadning boshqa bo‘laklari Istanbulning Maltbey, Bandak va Kartel mintaqalarida ko‘milganini aytyapti.

Saudiya konsulligida 26 ta mashina bo‘lib, ularning barchasi Turkiya hukumati nazorati ostida bo‘lgan. Faqat bittasi mazkur mintaqalarda 6 soat muddatga nazoratdan chiqqan va kuzatuvdan yashiringan.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Apple ​soati voqeani qanday fosh qildi va konsullikda Xoshuqjiyga nima bo‘ldi?