17:14 / 14.10.2018
3 687

Trampning kuyovi yillab daromad solig‘ini to‘lamagani aniqlandi

Trampning kuyovi yillab daromad solig‘ini to‘lamagani aniqlandi
AQSh prezidenti Donald Trampning to‘ng‘ich kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner biznesi muvaffaqiyatli rivojlanayotgani va boyligi ortib borayotgan bo‘lishiga qaramay, bir necha yil davomida daromad solig‘ini to‘lamagan. The New York Times shu haqida xabar berdi.

Nashrda ta’kidlanishicha, Kushner va uning oilasi firmasi - ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullanuvchi Kushner Companies'ga tegishli moliyaviy hujjatlar o‘rganilgan. Mazkur hisobot 2009 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Unga ko‘ra, go‘yoki Kushner federal daromad solig‘ini to‘lamay kelgan, holbuki uning oilasi kompaniyasi ko‘chmas mulk xaridiga milliardlab dollarlar sarflagan, uning shaxsiy boyligi esa so‘nggi o‘n yillikda besh baravarga (324 million dollarga) oshgan.

Gazeta versiyasiga ko‘ra, bunga Kushner Companies qo‘llagan usul sabab bo‘lgan, ya’ni kompaniyada go‘yoki kamomad qayd etilayotgandek hisobot topshirilgan. "Biroq kamomad faqat qog‘ozda bo‘lgan, Kushner va uning kompaniyasi esa hech qanday pul yo‘qotmagan", - deyiladi nashrda. Bu ancha keng tarqalgan usul hisoblanadi va hujjatlarda Kushner va uning kompaniyasi qonun buzganligiga hech qanday ishora yo‘q.

Maqolada shuningdek Kushnerning vakili izohi ham keltirilgan, unga ko‘ra, barcha soliqlarni kompaniya mijozi to‘lagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning kuyovi yillab daromad solig‘ini to‘lamagani aniqlandi