Rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov o‘z vaqtida Ukraina fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan. Bu haqda uning amakisi Aleks Nurmagomedov “Sport-Ekspress” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Xabib Ukraina fuqaroligini olishi uchun imkoni bor ishni qilganmiz. Biz Ukraina va uning xalqini qadrlaymiz va hurmat qilamiz. Aytishim mumkinki, bundan yaxshiroq xalq yo‘q. Tug‘ilgan joying vataning, deyishadi. Biroq meningcha, senga yaxshi bo‘lgan joy vatandir. Biz Xabibning Ukraina uchun ishtirok etishini rejalashtirgandik, biroq buning uddasidan chiqa olmadik”, deb aytgan Nurmagomedovning amakisi.
Uning aytishicha, Xabib unga Ukraina fuqaroligi rad etilganidan ranjigan. “U nima uchun pasport berilmayotgani haqida so‘raganda, buni bilmasligimni va hech narsa qila olmasligimni aytganman. U birinchi janglariga Poltavadan uchgan. Kiyevdagi “Combat-DOBRO” klubi uchun ishtirok etgan. Poltavadan Xabibni Rossiyaga jo‘natganmiz”, deb qo‘shimcha qilgan sportchining amakisi.
Ta’kidlanishicha, Xabibning otasi Abdulmanop Nurmagomedov harbiy xizmatni Ukrainada o‘tagan. So‘ngra ukrainalik murabbiy Petr Butriy qo‘lida dzyudo bilan shug‘ullangan hamda dzyudo va sambo bo‘yicha Ukraina chempioni bo‘lgan. Xabibning amakisi Aleks Nurmagomedov esa hozirda Ukrainaning Poltava shahrida yashaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Xabib Nurmagomedovning oilasida uchinchi farzand dunyoga keldi

Zelenskiy Putin bilan ilk uchrashuvidagi birinchi so‘zlari qanday bo‘lishini ma’lum qildi

Xabib Nurmagomedov: "Faqat g‘alaba qozonishni yaxshi ko‘raman"

Putin Nurmagomedovlar bilan uchrashdi

Ukraina bosh prokurori Poroshenkoning asosiy kamchiligini ma`lum qildi

9 yoshli Xabib Nurmagomedovning ayiq bilan olishuvi (video)