15:40 / 16.10.2018
5 700

Yirik "jinoiy to‘da" rahbari qo‘lga olindi

Yirik "jinoiy to‘da" rahbari qo‘lga olindi
Foto: RIA Novosti
Ispaniya milliy politsiyasi tomonidan Madrid shahrida narkotrafik bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruh rahbari qo‘lga olindi, deb xabar berdi “Xalq so‘zi” nashri.

Ushbu jinoyatchi shu yil may oyida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Kanar orollarida amalga oshirilgan keng miqyosli operatsiya chog‘ida qochib ketgandi. O‘shanda 43 kishi ushlanib, ulardan 150 kg. kokain va 1,5 tonna gashish moddasi musodara qilingandi.

Mazkur to‘da yetakchisi bo‘lgan Kolumbiya fuqarosi esa Madrid mehmonxonalaridan birida “tumshug‘i”dan ilingan.

Politsiyaning xabariga ko‘ra, u Portugaliyaga qochib ketmoqchi bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yirik "jinoiy to‘da" rahbari qo‘lga olindi