5 154
Qozog‘iston Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekistondan 165 tonna mahsulotni o‘z hududiga kiritmadi
Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining o‘simliklar karantini bo‘yicha hududiy inspeksiyalari davlat inspektorlari 10-12 oktyabr kunlari respublika hududiga noqonuniy olib kirilishi bo‘yicha 2 ta urinishning oldini olishdi. Bunda mamlakatga Rossiya, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan yuqori darajadagi fitosanitar xatarga ega karantin ostidagi 165,5 tonna mahsulot to‘xtatib qolingan.
Mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, nazorat o‘tkazishda Rossiya Federatsiyasidan 141 tonna bug‘doy; Qirg‘iziston Respublikasidan 2 tonna olma va 20 tonna uzum majburiy fitosanitar sertifikatsiz olib kirilgani aniqlangan. Bundan tashqari, O‘zbekistondan 2,5 tonna xurmoni olib kirishda karantin ob’ekti aniqlandi (Komstok chervetsi - Pseudococcus comstocki (Kuwana).
Ushbu qonunbuzarliklar bo‘yicha inspektorlar Qozog‘iston Respublikasining «Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida»gi kodeksiga muvofiq qoidabuzarlarni ma’muriy javobgarlikka tortishdi. Karantin ostidagi mahsulotlar eksport qiluvchi mamlakatlar hududiga qaytarildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan