3 295
Turkiya politsiyasi Saudiya Arabistoni konsulligida Qoshiqchining oʻldirilganini aniqladi

Turkiya politsiyasi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida jurnalist Jamol Qoshiqchining oʻldirilgani isbotini topdi. Bu haqda Turkiya hukumati vakiliga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, 16 oktyabrga oʻtar kechasi boshlanib, ertalab tugagan tintuv vaqtida politsiya jurnalistning konsullikda oʻldirilganining aniq isbotini topgan. Biroq manbaa gap qanday isbotlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Turk OAV maʼlumotlariga koʻra, mutaxassislar konsullik hovlisidagi tuproqdan namuna olishgan hamda bino ichida qon izlarini topish maqsadida ultrabinafsha nurlaridan foydalanishgan. Tekshiruv 9 soatdan koʻproq davom etgan. Maʼlum qilinishicha, tergovchilar saudiyalik konsul qarorgohini ham koʻzdan kechirishadi.
Bu vaqtda konsulning oʻzi Turkiyani tark etgan. U Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroportdan Saudiya Arabistoniga uchib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Qoshiqchining o‘limida ayblangan besh kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Jamol Qoshiqchining o‘g‘li oilasi bilan AQShga jo‘nab ketdi

Jurnalistning o‘ldirilishi Saudiya Arabistoni va Turkiya munosabatlariga rahna sola olmaydi

Qoshiqchining o‘limi ortida turgani gumonlangan valiahd shahzoda uning o‘g‘li bilan (foto)

Erdo‘g‘an Qoshiqchi o‘limida Saudiyani rasman aybladi va sirlarni ochishni talab qildi

OAV: Qoshiqchi saudiyalik shahzodaning akasi bilan AQShda uchrashgan