10:45 / 17.10.2018
4 753

Oʻzbekistonga kelayotgan Vladimir Putinning tashrif dasturi eʼlon qilindi

Oʻzbekistonga kelayotgan Vladimir Putinning tashrif dasturi eʼlon qilindi
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 18 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbarlari muntazamlik kasb etgan siyosiy muloqotning davomi sifatida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik holati yuzasidan fikr almashadilar. Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oʻzaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, turli sohalarda yangi qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Tashrif kun tartibidan dolzarb xalqaro masalalar, jumladan, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish jarayoniga koʻmaklashish masalalari ham oʻrin olgan.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida ilk bor Taʼlim forumi va “Oʻzbekiston-Rossiya” hududlararo hamkorlik forumi oʻtkaziladi, shuningdek, mamlakatimizda atom elektr stansiyasi qurilishining boshlanishiga bagʻishlangan marosim ham oʻtkaziladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonotini qabul qilish, 2019-2024 yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2019-2021 yillarda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik dasturi, Oʻzbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarining filiallarini tashkil etish va faoliyatini taʼminlash toʻgʻrisidagi kelishuv, “Suffa” xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” va boshqa muhim ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Tashrif davomida, shuningdek, Oʻzbekiston bilan Rossiya hududlari va ishbilarmon doiralari oʻrtasida yirik investitsiya va savdo shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oʻzbekistonga kelayotgan Vladimir Putinning tashrif dasturi eʼlon qilindi