20:30 / 17.10.2018
11 210

"Istanbullik kelin" serialining suratga olish jarayonida bosh qahramon kutilmagan vaziyatga tushib qoldi

"Istanbullik kelin" serialining suratga olish jarayonida bosh qahramon kutilmagan vaziyatga tushib qoldi
Qo‘shiqchi va aktyor O‘zjan Deniz "Istanbullik kelin" serialining yangi bo‘limlarini suratga olish jarayonida kutilmagan vaziyatga tushib qoldi.

Bosh qahramon Farruhni ijro etayotgan O‘zjan Deniz navbatdagi bo‘limda Esma Bo‘ron bilan uchrashib, ba’zi bir masalalarni muhokama qilishi kerak edi.

Aynan shu sahna ko‘rinishida Esma Bo‘ron Farruhga tarsaki tushishi lozim. Bo‘ron rolini o‘ynayotgan Ipek Bilgen ushbu sahna ko‘rinishini qoyilmaqom tarzda ijro etib berdi.

U O‘zjan Denizning yuziga shu qadar kuchli tarsaki tushirdiki, bosh qahramonning ko‘zidan o‘t chaqnab ketdi. Bu ham yetmaganday...

Shapaloqning zarb kuchini O‘zjan shunday izohlaydi:

"Avvaliga ko‘z oldim qorong‘ilashdi. Bir necha daqiqa davomida o‘zimga kelolmadim. Ko‘zimni ochganimda, Ipek xonim ham qo‘rqqanidan yuzini to‘sib olgandi. Qulog‘im uch kun tovushlarni yaxshi ilg‘ay olmadi".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Istanbullik kelin" serialining suratga olish jarayonida bosh qahramon kutilmagan vaziyatga tushib qoldi