23:00 / 20.10.2018
4 123

Saudiya valiahd shahzodasi jurnalistning o‘limiga aloqadorligi bo‘yicha dalillar ma’lum qilindi

Saudiya valiahd shahzodasi jurnalistning o‘limiga aloqadorligi bo‘yicha dalillar ma’lum qilindi
AQSh maxsus xizmatlari Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqador ekanligini ko‘rsatuvchi bir qator dalillarni aniqlashdi. Bu haqda The New York Times'ga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari yuborilgan xabarlardan birini tutib olishgan, unda Saudiya rasmiy shaxslari jurnalistni qo‘lga olish rejasini muhokama qilganlar. Maqola mualliflarining e’tibor qaratishicha, gumondorlar ro‘yxatida shahzodani qo‘riqlash xizmatidan bo‘lgan shaxslar bor.

AQSh razvedkasi hozircha Muhammad bin Salmon Qoshiqchini o‘ldirish haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruq bergani yoki uni o‘g‘irlab ketish va vataniga yetkazish niyatida bo‘lganiga oid ma’lumotlarni aniqlay olmadi. «Shahzoda barcha xavfsizlik xizmatlari ustidan to‘la nazorat o‘rnatgani tufayli, amaliyot uni xabardor qilinmasdan amalga oshirilgani ehtimoldan ancha yiroqdir», - deya xulosa qiladi nashr mualliflari. Surishtiruv natijalari tez orada AQSh prezidenti Donald Trampga taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq The New York Times gazetasi Qoshiqchining qotillari Saudiya valiahd shahzodasi bilan aloqador ekanini xabar bergandi.

Ta’kidlanishicha, shubhali shaxslardan biri shahzodaga chet elga safarlarda bir necha bor hamrohlik qilgan, fotosuratlarda u qo‘riqchilar oldida turibdi. Yana bir gumonlanuvchi - Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligida yuqori lavozimga ega bo‘lgan sud shifokori.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, turk politsiyasi tomonidan aniqlangan 15 nafar gumondorning kamida to‘qqiz nafari Saudiya Arabistoni xavfsizlik xizmati, harbiy idoralar va vazirliklarda ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya valiahd shahzodasi jurnalistning o‘limiga aloqadorligi bo‘yicha dalillar ma’lum qilindi