O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya prezidentlarning norasmiy uchrashuvi tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.
«Yaxshi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, men matbuotda o‘qidim. Hammasidan xursand bo‘ldim», - dedi Nursulton Nazarboyev uchrashuv yakunlari bo‘yicha.
Rossiya Federatsiyasi prezidentining aytishicha, uchrashuvga juda ko‘plab rossiyaliklar kelgan.
«Birinchi uchrashuvga, Shavkat Miromonovich (Mirziyoyev) taklif qildi, Rossiyadan mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi», - deya ta’kidlab o‘tgan Vladimir Putin.
«Hududlarning o‘zi ishlay boshlashdi, hammasi yaxshi bo‘ladi», - deya qayd etib o‘tdi Nursulton Nazarboyev.
Davlat rahbarlari birgalikda suratga tushishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan birga Qozog‘istonga tashrif buyurgani, ular Nursulton Nazarboyev uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingandi.
Turkiston viloyatining Sariog‘och shahrida bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuv davomida davlat rahbarlari mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini, jumladan, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni muhokama qildilar.
Bundan tashqari, MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida Qozog‘iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarga oid masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tomonlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi asosiy jihatlar yuzasidan fikr almashdilar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi