00:30 / 23.10.2018
3 473

Putin Ukrainaga qarshi sanksiyalarni joriy qilishga buyruq berdi

Putin Ukrainaga qarshi sanksiyalarni joriy qilishga buyruq berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga nisbatan Kiyevning harakatlariga javoban maxsus iqtisodiy choralar haqida qarorni imzoladi, deb xabar qildi “Hordiq” nashri.

Bu “Ukrainaning xalqaro huquqqa zid boʻlgan harakatlariga – Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan cheklovlar joriy etishi”ga javob boʻldi.

Ukraina Rossiya fuqarolari va kompaniyalariga oʻz sanksiyalarini toʻxtatsa Rossiya maxsus iqtisodiy choralarni bekor qiladi, deyilgan qarorda.

Iqtisodiy choralarni ishlab chiqish va ular taʼsiriga tushadigan shaxslar roʻyxatini tayyorlash toʻgʻrisida Hukumatga topshiriq berildi.

Ukraina Rossiya kompaniya va fuqarolariga nisbatan sanksiyalarni kiritdi va bu roʻyxatni doimiy ravishda toʻldirib bormoqda. Oxirgi marta bu sentyabr oyida amalga oshirildi: bu cheklovlarga “RJD Logistika”, “Promkompleksplast” va «Gazgolder” kompaniyalari tushdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Ukrainaga qarshi sanksiyalarni joriy qilishga buyruq berdi