13:02 / 23.10.2018
5 643

Dunyodagi eng kuchli inson bir kunda qancha ovqat yeydi?

Dunyodagi eng kuchli inson bir kunda qancha ovqat yeydi?
Foto: «Instagram»
«World’s Strongest Man» hamda «Arnold Strongman Classic» turnirlarining ko‘p karra g‘olibi Brayan Shou o‘z muvaffaqiyatlarining asosiy sirini ochdi. Ma’lum bo‘lishicha, u juda ko‘p ovqatlanar ekan — kuniga taxminan 12 ming kilokaloriya.

Erkak kishilar uchun tavsiya etiladigan kunlik me’yor — o‘rtacha 2400 kilokaloriya.

Amerikalik strongmen kuniga 7 mahal ovqatlanar ekan. U nonushtaning o‘ziga sakkizta tuxum yeydi. Kun davomida esa xamirli pasta, juda ko‘p miqdorda go‘sht va sabzavotlar, yeryong‘oq moyi, proteinli kokteyllar, pishloqli pishiriqlar iste’mol qiladi.

— Ko‘p ovqatlanishimdan maqsad sayyoradagi eng kuchli odam bo‘lish, — «Independent» gazetasi 36 yoshli sportchidan shunday iqtibos keltiradi.

Ta’kidlash kerakki, Shouning shaxsiy rekordi — 520 kilogramm, u shuncha og‘irlikdagi avtomobil shinalarini ko‘tara olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng kuchli inson bir kunda qancha ovqat yeydi?