19:44 / 23.10.2018
2 418

Qoshiqchi o‘limiga doir Saudiyaga 9 ta savol berildi. Ammo…

Qoshiqchi o‘limiga doir Saudiyaga 9 ta savol berildi. Ammo…
Jamol Qoshiqchi o‘limidan 17 kun o‘tib, shanba kuni Saudiya hukumati bu voqeaga izoh berdi. U Istanbuldagi Qirollik konsulligida «yo‘qolib qolgandi». Turk rasmiylari Qoshiqchining konsullik ichida o‘ldirilib yuborilganini bot-bot ta’kidlab kelmoqda. Biroq Saudiya bergan ma’lumotlar o‘zaro bir-biriga to‘g‘ri kelmayapti va asosiy ma’lumotlar berkitilyapti.

Quyida Saudiya qirolligi javob berishi kerak bo‘lgan 9 ta savol bor.

1. Qoshiqchining Saudiyaga qaytishini hisobga olayotganmidi?
Saudiya rasmiylariga ko‘ra, Qoshiqchi o‘limidagi «gumondorlar» jurnalist bilan uchrashish uchun Turkiyaga safar qilgan. Unga uyga qaytish taklif qilingandi.
Biroq, Qoshiqchi qaylig‘i turkiyalik Xadicha Jengiz bilan konsullikka borgan. Xadichaning aytishicha, Saudiya hukumati tomonidan nikohlanishga ruxsatnoma olgani borgan.
Qoshiqchining do‘stlariga bir necha bor uni qaytarishga urinishlar bo‘lgan. Biroq u Qirollikka qaytishiga shubha ko‘zi bilan qarashini aytgan.
«Siz hazillashyapsizmi? Men ularga zarracha ham ishonmayman» deb aytgan yana bir urinishdan so‘ng, deb so‘zlab berdi amerikalik siyosatchi Xolid Safuri «The Washington Post » gazetasiga.

2. Agar bu bahsli bo‘lsa, nima uchun kamida 15 kishi uchrashuv uchun Istanbulga bordi?
Saudiya hukumatiga ko‘ra, Qoshiqchi bilan uchrashuvda bahs yuzaga kelgan va tezda «gumondor shaxslar» bilan o‘zaro qarama-qarshilik va janjal paydo bo‘lgan.
Qirollik rasmiylarining aytishicha, umumiy 18 nafar kishi Qoshiqchi o‘limiga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingan, ammo turk hukumati ular soni 15 ta ekanligini ko‘rsatgan. Saudiya fuqarolari jurnalist Qoshiqchi kelishidan biroz oldin konsullikka kelishgan va undan oldin chiqib ketishgan.
Nima uchun jurnalistni Saudiya Arabistoniga qaytarish masalasiga muzokara qilish uchun katta guruhga ehtiyoj tug‘ilgani sababi aniq emas.

3. Nima uchun bu guruh tarkibiga Saudiya sud ekspertlari va xavfsizlik a’zolari jalb etildi?
Agar bu oddiy munozarali holat bo‘lsa, bunga xavfsizlik xizmati a’zolarini yuborish kerak emasdi. Shuningdek, The Post xabariga ko‘ra, hujum uyushtirganlarning 12 nafari xavfsizlik xizmatiga aloqador ekanligi Turk hukumati tomonidan aniqlangan.
Shubhali shaxslardan biri Saloh Muhammad al-Tubag‘iy – tezkor va mobil otopsiyalarni(murdalarni yorib ko‘rish) ko‘rish bo‘yicha yetakchi sud eksperti.
Bryus Ridel – Bruking instituti a’zosi va sobiq markaziy razvedka boshqarmasi mutasaddisi, Saudiya-AQSh munosabatlari haqidagi kitob muallifi.
Ridelning «The Post»ga bergan intervyusida «Sud ekspirtizasi kerakligini muqobil variant deb o‘ylamayman. Avval jinoyatning dalillarini ko‘rsating» deb aytib o‘tgan.

4. Konsullikda haqiqatda nima sodir bo‘lgandi?
Saudiya tomonining tasvirlagan, konsullikdagi «tortishuv yoki janjal» – ikki tomondan jismoniy kuch ishlatilganini anglatadi. Biroq, Qoshiqchi ichkariga o‘zi kirgan va shubhasiz 15 kishilik guruhga duch kelgan. Hech bo‘lmaganda ikki tomonda teng odam ham bo‘lmagandi.
Turk rasmiylari Markaziy razvedka boshqarmasidagi hamkasblarida konsullikda nimalar bo‘lganligi haqidagi audioyozuv borligiga ishonishadi. Yozuv orqali ichkarida Qoshiqchiga nima bo‘lgani haqida bilib olish mumkin. Uning o‘limi qasddan uyushtirilganmi yoki qiynoqqa solinganmi shunga aniqlik kiritishga imkon beradi.

5. Qoshiqchining jasadiga nima bo‘ldi?
Saudiya shanba kungi bayonotida jurnalist konsullikda vafot etganini tan olgan bo‘lsa ham uning jasadiga nima qilgani to‘g‘risida biror ma’lumot bermadi.
Dastlabki mulohazalar shuni ko‘rsatdiki, Turkiya hukumatining Istanbul atrofini qidirayoganiga qaramasdan Qoshiqchining tana qismlari mamlakatdan olib chiqib ketilgan.
Saudiya manbasining juma kuni Reuters axborot agentligiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, qidiruv «mahalliy koperativga» topshirilganidan keyin Qoshiqchining jasadi qayerdaligi noma’lumligicha qoldi.

6. Nega Saudiya Qoshiqchi koncullikdan chiqmagan bo‘lsa ham, chiqib ketdi, deb aytdi?
Qoshiqchi konsullikdan chiqavermagach, tashqarida uni kutib turgan qaylig‘i Jengiz havotirga tusha boshladi. Biroq, Saudiya rasmiylari bir necha bor jurnalistlarga, Qoshiqchining ichkariga kirib, qisqa fursatdan so‘ng konsullikning orqa eshigidan chiqib ketganini aytishdi va ular ham uning taqdiridan havotirda ekanliklarini bildirib qo‘yishdi.
Shahzoda Muhammad ibn Salmon 5 oktyabr kuni «Bloomberg News»ga bergan intervyusida shu gapni aytdi:
«Tushunishimcha, u konsullikka kirgan va bir necha daqiqa yoki bir soatdan so‘ng chiqib ketgan. Bunga ishonchim komil emas. Biz o‘sha paytda aslida nima sodir bo‘lganini Tashqi ishlar vazirligi bilan o‘rganmoqdamiz».

7. Qanaqasiga Taxt vorisi bexabar edi?
Saudiya hukumati shahzodaning Qoshiqchiga nima bo‘lganini bilish-bilmasligi haqida hech narsa demadi. Darhaqiqat jurnalistning o‘limidan so‘ng otasi Qirol Salmon tomonidan qirollikning razvedka faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va «modernizatsiya qilish» uchun mo‘ljallangan komissiyaga rahbar etib tayinlandi.
AQSh rasmiylariga ko‘ra, taniqli shahzoda Saud al-Qahtoniy Qoshiqchini ortga qaytarishga rosa uringan. Shanba kuni bayonotdan so‘ng uning o‘tgan yili Twitterda yozgan xabari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etildi.
«Sizningcha, men buyruqlarsiz o‘zboshimchalik bilan biror ish qila olamanmi?» deb yozilgandi uning xabarida. «Men qirol va taxt vorisi buyrug‘iga bo‘ysunadigan ishonchli xodimman».

8. Saudiya Arabistoni tomonidan hibsga olingan odamlar darhaqiqat Turkiya rasmiylari tomonidan aniqlangan kishilarmi?
Saudiya hukumati 18 nafar odam hibsga olingani haqida xabar berdi. Shunga qaramasdan Turkiya rasmiylari tomonidan aniqlangan 15 nafar gumondorga o‘xshaydimi, yo‘qmi?
Saudiyaning «Al-Arabiya» kanali xabariga ko‘ra, o‘sha gumondorlar 15 nafar «sayyohlar» ekanligi aytilgan.

9. Nima uchun bu jinoyatni ochish uchun 17 kun vaqt sarflandi?
Qoshiqchining yo‘qolganiga 2 xafta bo‘ldi. Ro‘yxatdagi qolgan savollarga qanday javob berilmasin, Qoshiqchining o‘limini aniqlash uchun uzoq vaqt talab qilingani ajablanarli va Riyozning nihoyat uning o‘limida aybdorlarni topgani – bu tanqidlarni kamaytirish uchun to‘qilgan hikoya sifatida baholanmoqda.
Ottava universitetining Saudiya Arabistonidagi eksperti Tomas Yunevaning Twitterdagi sahifasida yozishicha, bu vaziyat «Saudiyada ma’muriy salohiyat zaifligi» va «umumiy taassurot qoldirilgan narsalar» mavjudligini ko‘rsatdi.
"The Washington Post" nashridan
Muhammadamin TOShKANDIY tarjimasi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qoshiqchi o‘limiga doir Saudiyaga 9 ta savol berildi. Ammo…