10:48 / 24.10.2018
3 748

Putin va Tramp qayerda va qachon uchrashishi ma’lum bo‘ldi

Putin va Tramp qayerda va qachon uchrashishi ma’lum bo‘ldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Parijga tashrifi davomida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Bu haqda Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

“Jon Bolton bilan maslahatlashuvlar davomida ikki prezidentning Parijda Birinchi jahon urushi tugaganining yuz yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda uchrashishi imkoni bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deb aytgan Ushakov.

Uning aytishicha, uchrashuv Parijdagi tadbirlardan keyin bo‘lib o‘tadi va 11 noyabrga belgilangan.

Ushakovning ta’kidlashicha, uchrashuvning qancha uzoq davom etishi prezidentlarga bog‘liq bo‘ladi. “Bu normal ikki tomonlama uchrashuv bo‘ladi”, deb aytgan Putin yordamchisi.

Ushakovning ta’kidlashicha, Putin va Trampda uchrashishga boshqa imkoniyatlar ham bo‘ladi, biroq bu borada hozircha faqat bitta aniq kelishuv bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Tramp qayerda va qachon uchrashishi ma’lum bo‘ldi