Moskva hukumatining maxsus komissiyasi xulosasiga ko‘ra Markaziy ma’muriy okrugda joylashgan Islom Karimov hiyoboni 2018 yilda Rossiya poytaxtida investor hisobidan amalga oshirilgan eng yaxshi obodonlashtirish loyihasi deb topildi.
Moskva meri Sergey Sobyanin Karimov Fondiga obodonlashtirish dasturlarini amalga oshirish va shinam shahar muhitini yaratishga qo‘shgan hissasi uchun alohida minnatdorlik yorlig‘ini topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, shu yil 18 oktyabr kuni Moskvada Islom Karimov haykali tantanali ravishda ochildi.
Marosimda O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, O‘zbekiston birinchi prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova, O‘zbekiston xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Maxmudov va O‘zbekiston elchixonasi vakillari qatnashdi.
Ochilish marosimidan so‘ng haykal poyiga gullar qo‘yildi.
Moskvadagi Islom Karimov haykali muallifi – britaniyalik haykaltarosh Pol Dey.
Haykal Moskvadagi “Polyanka” metro bekati va O‘zbekiston elchixonasi yaqinida Islom Karimov nomli xiyobonda joylashgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi